Biksant Lizararyu: «Mbappe «Oltin to'p»ga loyiq emas»
Fransiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Biksant Lizararyu Kilian Mbappe va Fabian Ruisning «Oltin to'p»ga bo'lgan imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
Biksant Lizararyu (Fransiya terma jamoasi sobiq himoyachisi): «Mbappe «Oltin to'p»ni yutishi kerakmi? Siz o'tgan mavsumda birorta ham sovrin yutmagan futbolchiga bu mukofotni bera olmaysiz. «Oltin to'p» uchun ovoz berishda jamoaviy sovrinlar juda yuqori baholanishi kerak.
FabiánFabián Ruis — eng taassurotli futbolchi emas, lekin juda va juda samarali. U Chempionlar ligasi va Jahon chempionatida g'olib chiqqan yagona futbolchi. Shu bois, 2024-yilda Rodri bilan sodir bo'lganidek, aynan Ruis «Oltin to'p»ni qo'lga kiritsa, ajablanmayman», — dedi Lizararyu.