Tiago Skuro RMC Sport uchun bergan intervyusida qishki transferlar haqida to'xtalib o'tdi. Uning so'zlaridan iqtiboslar:
Biz qishda ketadigan futbolchilarni ko'ramiz.
Gap birinchi navbatda Folarin Balogun haqida ketmoqda. U "Everton"ga o'tishi kerak edi, ammo taklifni rad etdi.
Agar Balogun bo'yicha kelishuvga erishganimizda, hammasi yaxshi bo'lardi. Ammo oxirgi daqiqada yuz bergan voqealar qishki rejalarni biroz o'zgartiradi.
Reja: amerikalik futbolchi uchun variant topish hamda Lamin Kamara va Golovinga mavsumni yakunlab qo'yish imkonini berish.
Bu ideal reja, ammo qishda nima bo'lishi ustidan nazorat va ishonchimiz yo'q. Shunga qaramay, niyatimiz shunday.
Shuningdek, Skuro yozgi transfer oynasi haqida ham o'z fikrlarini bildirdi:
Yozda qilgan barcha ishlarimizdan unchalik ham mamnun emasman, rejani 100 foiz bajarishning iloji yo'q edi. Yechimlar izlash va tuzatishlar kiritish kerak. Ochig'ini aytsam, bu transfer oynasidan qoniqmadim. Agar sotuvlar bo'yicha boshqa muddatlar bo'lganida, balki boshqa futbolchilarni imzolash uchun ko'proq vaqt bo'lardi.
Klub Lamin Kamarani saqlab qolganidan xursand. Biroq bir nechta pozitsiyalarda muammolar bor: Erik Lirani imzolashning iloji bo'lmadi (yevropalik bo'lmaganlar uchun limit xalaqit berdi), o'ng qanot vingeri va chap qanot himoyachisiga o'rinbosar yetishmayapti:
Agar jamoa balansini yaxshilash imkoniyati tug'ilsa, biz buni qilamiz. Hujumkor futbolchilarimiz ko'p, ammo boshqa pozitsiyalarda variantlar yetishmayapti. Hammasi ham bizning nazoratimizda emas.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!