Yurgen Klopp: Floriyan Virts ajoyib futbolchi
Шесть Элче ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 19

Yurgen Klopp: Floriyan Virts ajoyib futbolchi

Yurgen Klopp matbuot anjumanida Floriyan Virts va uning Liverpuldagi faoliyati haqidagi savolga batafsil javob berdi:

Vaziyatga umumiy nazar tashlasak, Flo Liverpulga juda noqulay pallada kelib qo'shildi. Gap Diogu Jotaning vafoti haqida bormoqda. U futbolchilar o'sha paytda birinchi navbatda futbol haqida o'ylamagan jamoaga kelib qo'shildi va bu tushunarli.
O'zining ilk yilida u ko'p narsani o'rgandi. Endi yangi murabbiy bilan yangi mavsum boshlandi va esimda qolishicha, u barcha o'yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Jismoniy holati juda yaxshi, jamoa esa asta-sekin o'z o'yinini topmoqda.
Hujumkor futbolchilarga doimo yaxshi ishlayotgan jamoa kerak. Futbolni sevadigan har bir inson Floriyan Virts qanchalik iqtidorli futbolchi ekanligini ko'ra oladi.
Biz bu yerda qila oladiganimizdan ortiqroq narsa qila olmaymiz: unga jamoamizda rivojlanish imkoniyatini berish, yetarlicha mashg'ulotlar va o'yin vaqti bilan ta'minlash. Asta-sekin unga ishonch bag'ishlaymiz, yaxshi ichki holat yaratamiz va keyin uni Liverpulga qaytaramiz. Unga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!