Yurgen Klopp Diogo Jota haqida xotiralari bilan o'rtoqlashdi
Шесть Элче ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 47

Yurgen Klopp Diogo Jota haqida xotiralari bilan o'rtoqlashdi

Yurgen Klopp Diogo Jota haqida:

«Esimda, «Vulvz» o'yinini tomosha qilayotganimda, Diogu chap qanotga o'tib, texnikasi va jismoniy kuchi yordamida kimnidir aldab o'tgan pallada, darhol o'yladim: «Men bu o'yinchini o'z jamoamda ko'rishni istayman». Bu deyarli hech qachon pand bermaydigan ichki sezgi edi. Odatda o'yinchini transfer qilish jarayoni boshqacha kechadi: biz skautlar va sport direktori bilan birga ishlardik, men ularga qaysi pozitsiyani kuchaytirmoqchi ekanligimni aytardim, ular esa variantlar ro'yxati bilan qaytishardi. Diogu holatida esa men tashabbusni o'z qo'limga oldim, ulardan u haqida ma'lumot to'plashni so'radim va bu o'yinchiga yaqinroq nazar tashlashimiz kerakligini aytdim. Bizga universal o'yinchilar kerak edi va Diogu bir nechta pozitsiyada o'ynay olardi. Uning «Liverpul» kabi klubda porlashi uchun barcha narsasi — futbol sifatlari, mentaliteti va ishga bo'lgan munosabati bor edi. Mening yoshim 58 da va odamlar ba'zida vafot etishini bilaman. Bu hayotning, shu jumladan mening hayotimning bir qismi. Muayyan yoshga yetganingizda, bu narsalar muntazam sodir bo'lishiga ko'nikishingizga to'g'ri keladi. Ammo Dioguning vafot etganini eshitganimda, shok holatiga tushib qoldim, bir og'iz so'z ayta olmadim. Qanday va qayerda sodir bo'lganini so'ramadim, shunchaki o'tirib, nima bo'lganini anglashga harakat qildim. Tan olishim kerakki, shu kungacha buni uddalay olmadim. Mendan Diogu haqida ushbu intervyu uchun, ushbu kitob uchun gapirib bera olasizmi, deb so'rashganida, albatta, rozi bo'ldim. Men Diogu haqida gapirishni, u haqida o'ylashni, uni xotirlashni istadim. Ammo hozir, gaplashayotganimizda, bunga mutlaqo tayyor emasligimni tushunib turibman. Hayotimning katta qismini turli narsalar haqida gapirish bilan o'tkazdim. Ammo hozir o'zimni zo'rg'a tutib turibman, bu yo'qotishni ta'riflash uchun so'z topa olmayapman. Bu normal holat emas, bu aqldan ozish», — deydi Klopp.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!