Vensan Kompani:
«Oson safar o'yinlari bo'lmaydi. Bizda juda ko'p imkoniyatlar bo'ldi. Aslida bunchalik ko'p vaziyat bo'lishini kutmagandik. 29 ta zarba, ofsayddan urilgan to'rtta gol. Biz ikkita xatoga yo'l qo'ydik va bu ikkita golga aridi. Futbolda shunday bo'lib turadi. Albatta, g'alaba qozonmaganimiz uchun xursandman deb ayta olmayman. O'ylaymanki, biz ko'proq gol urishga loyiq edik.
Ammo shunday ikkita xatoga yo'l qo'yganingda, g'alabaga loyiq edik deb ham ayta olmaysan, buni yigitlarga ham aytdim. Ofsayddan urilgan gollar bilan bu xuddi amerikacha attraksiondek bo'ldi, lekin yigitlar xarakter ko'rsatishdi va kurashishda davom etishdi. Keyingi o'yinga intilishimiz kerak».
Manuel Noyerning birinchi goldagi xatosi haqida:
«Albatta, yaxshiroq boshlashni istagandik. Futbolni yetarlicha o'ynaganman va bunday holatlar bo'lib turishini bilaman, buni o'zgartirib bo'lmaydi. Muhimi, shundan keyin qanday munosabat bildirishingda. Manu yetarlicha tajribali.
U shunchaki davom etishi va qanchalik yaxshi ekanligini ko'rsatishi kerak. U buni qiladi. Lekin biz boshqa tomonda ham ko'plab vaziyatlarni boy berganimizni unutmasligimiz kerak».
Luis Diasning goli bekor qilingani haqida:
«Ofsayd — bu ofsayd. Hamma narsani boridan ham murakkablashtirishimiz shart emas. Ha, o'sha vaziyatda bu holatlar bir-biri bilan bog'liq deb o'ylamagan edim. Bu detallar va millimetrlar hal qiladigan kun edi.
Shuningdek, ayrim vaziyatlarda o'zimiz aybdormiz. Tomoshabinlar uchun ajoyib o'yin bo'ldi. Muxlislarimiz 6 marta golni nishonlashdi, lekin atigi ikkitasi hisobga olindi. Bu hissiyotlarga boy o'yin bo'ldi».
Yonas Urbig seshanba kuni «Viking»ga qarshi o'yinni boshlashi mumkinmi?
Kompani:
«Hozircha bu haqda hech narsa demayman. Endigina o'ynadik. E'tibor faqat «Augsburg»da edi. Keyingi o'yin haqida ko'ramiz».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!