Ma'lumki, FSG ikkinchi klubni sotib olish va multiklub modelidan voz kechdi, ammo «Liverpul» (xususan, yangi sport direktori Julian Uord) ikkinchi klubsiz ham yoshlarni rivojlantirishga imkon beradigan samarali muqobil yo'lni izlamoqda.
The Athletic xabariga ko'ra, klub yaqin vaqt ichida yoshlar bilan ishlash bo'yicha Yevropa klublari bilan bir qator strategik kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda. Ushbu kelishuvlar doirasida boshqa qit'alardan iqtidorli o'yinchilarni sotib olib, ularni mazkur klublarga ijaraga berish imkoniyati ko'rib chiqilmoqda — bu xuddi multiklub modelidagi kabi ishlaydi, ammo tartibga soluvchilar bilan bog'liq muammolar va manfaatlar to'qnashuvidan xoli bo'ladi.
Klub o'yinchilarni yil sayin bir xil jamoalarga yuborishi va u yerda ular o'yin amaliyotiga ega bo'lib, «Liverpul» asosiy tarkibiga tayyorlaydigan tizimlarda o'ynashiga ishonch hosil qilishi ko'zda tutilgan. Kelishuvlar qog'ozda qayd etiladi, bu esa o'yinchi futbolga aloqador bo'lmagan sabablar tufayli amaliyotsiz qolib ketishining oldini oladi.
Julian Uord yoshlarni rivojlantirishning ashaddiy tarafdori (so'nggi yillarda aynan shu yo'nalish uchun javobgar bo'lgan) va u sport direktori lavozimida uzoq muddatli yechim sifatida qaralmoqda. U, ehtimol, Bhatiya va Bezos konsorsiumi yaqin yil ichida klubni FSG'dan sotib olgan taqdirda ham o'z o'rnida qoladi. Uord hamkorlik tafsilotlarini muhokama qilish uchun Bhatiya bilan shaxsan uchrashgan va uning shartnomasida egalari almashganda ham o'z kuchini saqlab qolish bandi ko'zda tutilgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!