Bavariya futbolchilari Maykon Kardozo va Tim Binderning jarohatlari bo'yicha so'nggi ma'lumotlar.
Kerry Hau xabariga ko'ra, Maykon Kardozo (elka jarohati) ertaga jarohat darajasini aniqlash uchun «Zabener Shtrasse»da qo'shimcha chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Tim Binder (son orqa mushagi jarohati) ikki haftadan so'ng maydondagi mashg'ulotlarga qaytishi kutilmoqda.
Maykon Kardozo asosiy tarkibdagi debyuti, Kompani bilan ishlash va Braziliya terma jamoasida o'ynash orzusi haqida gapirdi.
✨ Maykon Kardozo o'tgan mavsumda asosiy tarkib bilan shug'ullanish imkoniyatiga ega bo'lgani haqida:
Men juda diqqatli edim, chunki bu Kompani va jamoadoshlarimga tayyor ekanligimni hamda asosiy tarkibda qolishni istashimni ko'rsatish uchun imkoniyat edi. Shuning uchun birinchi mashg'ulotdan boshlab, har kuni bor kuchimni berdim. Agar yana nimadir bera olsam, berardim, chunki u yerda bo'lish uchun juda ko'p mehnat qilish kerak.
✨ Debyuti haqida:
Murabbiyning oldiga borganimda, u shunchaki: "Mashg'ulotlarda nima qilsang, shuni qil", dedi. Shuning uchun juda xursand edim, maydonga juda xotirjam, o'ynash istagi va barchaga kimligimni ko'rsatish ishtiyoqi bilan tushdim.
✨ Kardozo Braziliya yoki Portugaliya terma jamoasini tanlashi haqida:
Avvalo, har ikkala terma jamoaga ham katta hurmat bilan qarashimni aytmoqchiman. Ular ikki buyuk jamoa. Ikkala fuqarolikka ega bo'lish — katta mukofot. Bolaligimda har doim Braziliya o'yinlarini kuzatardim, bunga Neymar ham sababchi, lekin men doim Braziliyaga muxlislik qilganman. Orzuim har doim Braziliya safida o'ynash bo'lgan, ammo men har ikkala jamoaga ham tayyor bo'laman. Xudo xohlasa, tanlov qilish vaqti keladi va men bunga tayyor bo'laman.
Braziliya [Norvegiyaga] mag'lub bo'lganidan so'ng, keyingi jahon chempionatiga qadar chaqiruv olish uchun bor kuchimni sarflashga qaror qildim. Bu barcha futbolchilarning orzusi. Bu mening ham eng katta orzularimdan biri, shuning uchun Xudo xohlasa, 2030-yilga kelib jahon chempionatiga chaqiruv olish uchun har kuni qattiq mehnat qilaman.
Maykon Kardoso yelkasidagi jarohatdan so'ng mashg'ulotlarga qaytdi. 18 yoshli futbolchining safga noyabr oyida qaytishi kutilmoqda.
Maykon jarohatidan so'ng mashg'ulotlarga qaytdi!
Maykon bir oy oldin yelkasidan olgan jarohatidan keyin ilk bor maydonga chiqdi va 30 daqiqalik mashg'ulot o'tkazdi: yengil yugurish va to'p bilan ishlash.
Tiklanish jarayoni muvaffaqiyatli kechsa, 18 yoshli futbolchining safga qaytishi noyabr oyiga mo'ljallangan.
Maykon Kardozoning «Bavariya»dagi kelajagi borasida yangi xabarlar paydo bo'ldi. Futbolchi jamoada qolishni istamoqda.
Maykon Kardozoning mavsumoldi o'yinlaridagi yorqin o'yinlari e'tibordan chetda qolmadi.
Maykon Kardozoning vaziyati bilan Germaniya va xorijdagi bir nechta klublar qiziqib qoldi, ular futbolchini ijaraga olmoqchi.
Hozircha o'yinchi kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilinmadi.
Ayni damda Kardozoning «Bavariya»da qolib, asosiy tarkibda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun o'zini ko'rsatishni istayotganiga oid jiddiy belgilar mavjud.
Kardoso va Gattoni yaqin kunlarda «Sevilya»ni tark etishi mumkin. Har ikki futbolchi klub bilan shartnomasini bekor qiladi.
Kardoso va Gattoni yaqin kunlarda «Sevilya»ni tark etishi mumkin. Har ikki futbolchi klub bilan shartnomasini bekor qiladi. Shu tariqa, asosiy tarkib qaydnomasidan ikki o'rin bo'shaydi.