#Tim Binder — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Tim Binder rasmiy o'yindagi debyuti haqida

Tim Binder rasmiy o'yindagi debyuti haqida

Tim Binder o'zining asosiy tarkibdagi rasmiy o'yindagi debyuti haqida fikr bildirdi.

Tim Binder o'zining asosiy tarkibdagi rasmiy o'yindagi debyuti haqida fikr bildirdi:

«Menda mavsumoldi o'yinlarida maydonga tushish uchun bir nechta imkoniyat bo'lgandi, ammo ilk rasmiy professional o'yinimdagi debyut men uchun haqiqatan ham o'zgacha bo'ldi. Maydonga tushishdan oldin ortiqcha o'ylamaslikka harakat qildim va shunchaki o'z futbolimni o'ynashni istadim».

Tim Binder yozda Bavariyani tark etishi mumkin

Tim Binder yozda Bavariyani tark etishi mumkin

Tim Binder yozgi transfer oynasida Bavariyani tark etishi mumkin. Unga Bundesliga, Liga 1 va A Seriya klublaridan qiziqish bor.

❌ Tim Binder yozda Bavariyani tark etishi mumkin.

ℹ️ Bundesliga klublaridan ikkitasi unga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, Liga 1 va A Seriyadan ham qiziqishlar bor.

✔️ Shartnomani uzaytirish va keyinchalik ijaraga berish varianti hamon ko'rib chiqilmoqda.

👀 Muzokaralar davom etmoqda, biroq hozircha kelishuvga erishilgani yo'q. Binderning o'zi Bavariyada qolishni afzal ko'radi.

🔖 U uchun sport istiqbollari hal qiluvchi omil hisoblanadi.

📰 Sebastian Mittag xabariga ko'ra.

O'ng ustun yangiliklari

Tim Binder «Bavariya» bilan yangi shartnoma imzoladi

Tim Binder «Bavariya» bilan yangi shartnoma imzoladi

19 yoshli Tim Binder «Bavariya» bilan 2030-yilga qadar yangi shartnoma imzoladi. Futbolchi qishgacha klubda qoladi.

Tim Binder «Bavariya» bilan 2030-yilga qadar mo'ljallangan professional shartnoma imzolashga tayyor!

19 yoshli futbolchi so'nggi haftalarda 2-Bundesliga klublaridan ijara takliflarini olgan edi, ammo Vensan Kompani va Kristof Froynd uni mavsumoldi tayyorgarlikdagi muvaffaqiyatli o'yinlaridan so'ng kamida yanvargacha qolishga ko'ndirishdi.

✔️ Vaziyat qishda qayta ko'rib chiqiladi.

Kerry Hau xabariga ko'ra, Binder allaqachon yangi shartnomani imzolab bo'lgan.

Transfermarkt