Drezdenning «Dinamo» klubi Tim Binderni ijaraga olmoqchi
«Dinamo Drezden» qishki transfer oynasida «Bavariya» futbolchisi Tim Binderni ijaraga olmoqchi. Bild nashri xabariga ko'ra, klub futbolchi uchun kurashni davom ettiradi.
«Dinamo Drezden» klubi qishki transfer oynasida Tim Binderni ijaraga olishga qiziqish bildirmoqda.
«Drezden» yozda Binderni tarkibiga qo'shib olishga yaqin edi, ammo «Bavariya» Ariyon Ibragimovich klubni tark etganidan so'ng, uni oxirgi pallada olib qolishga qaror qildi.
Hozircha Myunxendan Binderni yanvarda qo'yib yuborish niyatida ekanliklari haqida hech qanday ishora yo'q. Biroq transfer oynasi ochilgach, vaziyat qayta ko'rib chiqiladi va agar imkoniyat tug'ilsa, «Drezden» bundan foydalanib qolishi mumkin.
Bild