«Dinamo Drezden» klubi qishki transfer oynasida Tim Binderni ijaraga olishga qiziqish bildirmoqda.
«Drezden» yozda Binderni tarkibiga qo'shib olishga yaqin edi, ammo «Bavariya» Ariyon Ibragimovich klubni tark etganidan so'ng, uni oxirgi pallada olib qolishga qaror qildi.
Hozircha Myunxendan Binderni yanvarda qo'yib yuborish niyatida ekanliklari haqida hech qanday ishora yo'q. Biroq transfer oynasi ochilgach, vaziyat qayta ko'rib chiqiladi va agar imkoniyat tug'ilsa, «Drezden» bundan foydalanib qolishi mumkin.
Bild
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!