Ezri Konsa bo'lajak "Bavariya"ga qarshi o'yin va Harri Keyn haqida fikr bildirdi.
"U chuqurroq harakat qila oladigan, yarim himoyaga o'tib, raqiblarni o'zi bilan olib keta oladigan, golli uzatmalar bera oladigan va gol ura oladigan hujumchi. Gap faqat unda emas. Ularning qanotida Luis Dias va har bir pozitsiyada ajoyib futbolchilar bor.
Katta ehtimol bilan, o'yin teng kurashlar ostida o'tadi, ammo biz o'z o'yinimizga e'tibor qaratishimiz va g'alaba sari intilishimiz kerak.
Biz 100% barcha sovrinlarni, shu jumladan Chempionlar ligasini yutishga intilamiz. Bizdagi futbolchilar va o'rnatgan standartlarimiz bilan aynan shunday maqsadlarni oldimizga qo'ymoqdamiz".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!