Hansi Flik: «Andreas Kristensen juda yaxshi formada edi. Biz birgalikda uning terma jamoaga bormasligiga qaror qildik, chunki u qolib, shu yerda mashg'ulot o'tkazishni istagandi. O'ylaymanki, bu to'g'ri qaror bo'ldi. Biroq u noqulaylik his qildi va endi, katta ehtimol bilan, 2 ta o'yinni o'tkazib yuboradi. U xafa, lekin mening nazarimda, u 100 foiz formada bo'lganida, dunyodagi eng yaxshi markaziy himoyachilardan biri hisoblanadi. Men uni qo'limdan kelgancha qo'llab-quvvatlayman.
Kubarsi bilan hammasi joyida, lekin u ba'zi muammolarga duch keldi, shuning uchun ehtiyotkor bo'lishimiz kerak. Ertaga u zaxira o'rindig'ida bo'ladi. Agar bizga kerak bo'lsa, zaxiradan maydonga tusha oladi. Nima bo'lishini ko'ramiz.
Biz Erik va Kunde qaytganidan xursandmiz. Frenki va Olmo ham tayyor». ❤️
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!