❓Kunde jarohatlangan, Xavi Espart esa PSJga qarshi o'yinda o'zini ko'rsatdi. Ertangi o'yinda o'ng qanot himoyasida aynan Xavi Espart asosiy tarkibda tushishiga kafolat bormi?
🗣 Xansi Flik: «Professional futbolda faqat o'yinchining maydondagi harakati muhim ekanligini barchamiz bilamiz, u oxirgi o'yinlarda haqiqatan ham yaxshi o'ynadi. U uchun o'ng yoki chap qanotda o'ynashning farqi yo'q. Buni uni birinchi marta ko'rganimdayoq aytganman: u ajoyib o'yinchi, ammo hali ustida ishlashi kerak bo'lgan jihatlar bor. Uning salohiyati juda katta va biz unga buni ochib berishda yordam berishimiz kerak. Oxir-oqibat, hammasi uning o'yiniga bog'liq. Hozir u yaxshi harakat qilmoqda, ammo shu yo'lda davom etishi kerak va biz unga yordam berishga harakat qilyapmiz».
❓Mbappeni to'xtatish uchun maxsus rejangiz bormi? Yoki bu butun jamoa uchun vazifami?
🗣 Xansi Flik: «Eng avvalo, gap maydonda to'g'ri joylashish haqida ketyapti. To'p bizda bo'lganda ham, bo'lmaganda ham. To'psiz o'yinda asosiy jihat — o'yinchilar o'rtasidagi masofani to'g'ri saqlash, zich himoyani ushlab turish va to'p egasiga bosim o'tkazish. Yuqori himoya chizig'i bilan o'ynaganda bu juda muhim. Agar biz ushbu shartlarni bajarsak, himoyachilarimizga o'z vazifalarini bajarish ancha osonlashadi. Aynan shuni qilishimiz kerak. Menimcha, Kubarsi va Jerar haqiqatan ham yaxshi mavsum o'tkazishmoqda. Ularning qilayotgan ishlari shunchaki ajoyib. Ikkalasi ham bir-biri bilan juda yaxshi til topishadi, maydonda muloqot qilishadi va birga rivojlanayotgani ko'rinib turibdi. Bu meni juda xursand qiladi».
❓Fermin singari sizni ham «Real»ning hakamlarni doimiy tanqid qilishi charchatmaydimi? Bu «Barselona»ning yutuqlari va yaxshi formasini pasaytirishga urinishdek ko'rinadi. Siz buni qanday qabul qilasiz?
🗣 Xansi Flik: «Yo'q. Bilasizmi, men bor e'tiborimni jamoamni navbatdagi o'yinga, «El-Klasiko»ga tayyorlashga qaratishni afzal ko'raman. Atrofda sodir bo'layotgan bunday narsalar meni qiziqtirmaydi. Gap ommaviy axborot vositalaridagi sarlavhalar haqida ketyapti, men esa ularni yaratishni istamayman. Men shunchaki jamoamga e'tibor qaratmoqchiman va aynan shunday qilyapman».
🔚 Flik matbuot anjumanini yakunladi. ❤️
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!