❓Balde va uning jamoadagi kelajagini qanday baholaysiz?
🗣 Xansi Flik: «Hozir unga oson emas, buni bilaman, lekin u yaxshi shug'ullanmoqda. Bu u qilishi kerak bo'lgan birinchi narsa va u juda yaxshi mashq qilyapti. Biroq, uning pozitsiyasida bizda Xavi va Joau bor — ikkita top-o'yinchi, ikkalasi ham aqlbovar qilmas darajada o'ynashmoqda. Buni ayta olaman. Bunday vaziyatdan xursandman. Albatta, Balde uchun bu ideal emas, lekin u o'z ishini bajaryapti. Men aynan shuni xohlayman va vaziyat shunday bo'lganda bu zarur. Har doim «Yaxshi, agar senga kerak bo'lsam, men tayyorman», deb ko'rsatish kerak — va u shunday qilyapti».
❓Abde siz murabbiy sifatida klubga kelguningizga qadar «Barselona»da edi. Uning sifatlarini hisobga olgan holda, jamoada shunday futbolchini ko'rishni istarmidingiz?
🗣 Xansi Flik: «Aytishim mumkinki, bu fantastik o'yinchi. Bizda ham ajoyib jamoa bor. Unda ko'rayotgan narsam, uf, shunchaki hayratlanarli. Uning futbol o'ynashini, oxirgi uchlikda birga-bir vaziyatlardagi o'ziga bo'lgan ishonchini yaxshi ko'raman... Uning gol urish qobiliyati ham ajoyib. Aytishim mumkinki, u fantastik o'yinchi, lekin boshqa klubda o'ynayotgan futbolchi haqida ortiqcha gapirishni istamayman. Uning darajasi haqiqatan ham yuqori».
❓Gavini qanday baholaysiz? Hozir u avvalgi mavsumlardagi asosiy tarkib o'yinchisi sifatidagi roliga nisbatan yangi rolga ega. U siz uchun qanday ahamiyatga ega?
🗣 Xansi Flik: «Gavi Ispaniya terma jamoasiga chaqirilmadi va bundan biroz xafa bo'ldi. Biroq, bu tanaffus vaqtida mashg'ulotlarda ko'rganlarimiz ajoyib edi. Gavi — haqiqiy professional. Har kuni u yaxshiroq bo'lishga intiladi. Bu yaxshi vaziyat. Intensivlik va konsentratsiya bo'yicha u juda yaxshi darajada. Gavi — bu jamoaning yuragi, u jamoa uchun bor kuchini beradi. Bizga aynan shunday xarakterga ega o'yinchi kerak. Men uchun u — o'z formasining cho'qqisida bo'lganida top-o'yinchi. U o'zining 100% holatiga yaqin, biz uchun u — juda yaxshi variant, shu jumladan ertangi o'yin kontekstida ham».
❓Fermin o'z o'yin uslubini hisobga olgan holda hujumchi pozitsiyasida o'ynashi mumkin bo'lgan variantni ko'rib chiqasizmi? Ularning Olmo bilan raqobati haqida nima deb o'ylaysiz?
🗣 Xansi Flik: «Ha, Fermin ham «to'qqizlik» pozitsiyasida o'ynay oladi. Biz uchun u jarima maydonchasiga kirib borish uchun qayerdan yugurib kelishi muhimroq. «Galatasaroy»ga qarshi o'yindagi ikkinchi goldagi kabi. U odatda shunday o'ynaydi, uning uslubi va xarakteri shunday. U doimo jarima maydonchasi tashqarisidan hujum qiladi, chuqur yorib kiradi va bu biz uchun juda muhim. Bu darajadagi ikkita shunday o'yinchiga ega bo'lish — bu ajoyib. Dani hozir gol urishda biroz qiynalayotgan bo'lishi mumkin, lekin u himoyalanishi, sheriklari bilan o'zaro harakati tufayli biz uchun muhim futbolchi... Fermin bilan hammasi xuddi shunday: u o'ziga ishonadi va gollar uradi. Bu ikki o'yinchi o'rtasidagi tanlov — fantastik vaziyat».
❓Terma jamoalar o'yinlaridan keyingi taqvim juda tig'iz. Mourinyu bundan shikoyat qilgandi. La Liga futbolchilarning dam olishiga ko'proq e'tibor qaratishi kerak deb hisoblaysizmi? O'yinlar orasidagi qisqa tanaffusdan shikoyat qilgan Mourinyu haqmidi?
🗣 Xansi Flik: «Lekin bunday vaziyat har mavsum takrorlanadi. Bilaman, balki qaysidir ma'noda hammasi boshqacha, lekin shunday bo'lib qolgan. Oxirgi ikki mavsumda bizda «Uf...» deb o'ylagan vaziyatlar ko'p bo'lgan. Ispaniya Kubogida Valensiyada o'ynaganimizda, reysimiz bekor qilinganini va Barselonaga avtobusda qaytishga majbur bo'lganimizni, ikki kundan keyin esa yana o'ynashimiz kerakligini eslayman. Lekin shunday bo'lib qolgan. Men har doim jamoaga bahonalar yo'qligini aytaman, biz bu yo'ldan ketyapmiz, nima bo'lishidan qat'iy nazar, biz bu vaziyatni o'zgartira olmaymiz, lekin maydonda qanday harakat qilishimiz o'z qo'limizda. Jamoamizga 100% ishonaman, matbuot anjumanlarida bu haqda doim gapirishimni bilaman va bu zerikarli bo'lishi mumkin, lekin barcha o'yinchilar ko'rsatayotgan daraja shunchaki ajoyib. Har kim diqqatli, o'zining eng yaxshi sifatlarini namoyish etyapti va biz aynan shuni ko'rishni istaymiz. Bizda rivojlanish uchun potensial bor va biz buning ustida ishlayapmiz».
🔚 Flik matbuot anjumani yakunlandi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!