Hansi Flik «Betis»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.
Lamin Yamalning o'yin vaqtini taqsimlash haqidagi savolga bosh murabbiy shunday javob berdi:
Hansi Flik: «Bu savolga javob berish unchalik oson emas, chunki Lamin — ajoyib futbolchi. Bilaman, biz uning o'yin vaqtini taqsimlashimiz kerak, ammo Lamin uchun eng muhimi — futboldan zavq olish. Hozircha shunday va men bunga xalaqit berishni istamayman. Biroq, biz uning o'yin vaqtini taqsimlashimiz kerakligini ham tushunaman».
Kelgusi haftadagi PSG va «Real»ga qarshi o'yinlar ertangi tarkibga ta'sir qiladimi?
Hansi Flik: «Yo'q, eng muhimi — ertaga g'alaba qozonish. Biz «Betis»ga qarshi o'ynaymiz, ular juda o'ziga ishongan holda harakat qilmoqda. Ular barcha uy uchrashuvlarida g'alaba qozonishgan, Chempionlar ligasida ham juda yaxshi natijalar qayd etishdi, ham bu turnirda, ham La Ligada yaxshi o'rinlarda borishmoqda. Biz hujum chizig'ida fantastik futbolchilari bor, yakkama-yakka vaziyatlarda kuchli va tezkor o'yinchilarga ega jamoaga qarshi maydonga tushamiz. Maydonning oxirgi uchdan bir qismida ular juda yaxshi harakat qilishadi va ko'p gol urishadi. Ertaga biz juda yaxshi himoyalanishimiz kerak, bu eng yaxshi jamoalardan biri va ularning so'nggi yillardagi rivojlanishi shunchaki hayratlanarli. Menimcha, ular 20 yildan so'ng Chempionlar ligasiga qaytishdi. Ular fantastik ish bajarishdi».
Oldindagi uchta muhim o'yin haqida:
Hansi Flik: «Biz faqat yaqinlashib kelayotgan o'yinga e'tibor qaratganmiz. Hozircha bu bahslardan keyin nima bo'lishi meni qiziqtirmaydi. Biz nima qila olishimizga diqqatimizni jamlaganmiz va har bir o'yinda o'zimizning eng yuqori darajamizda o'ynashimiz kerak. Bu uchta o'yin muhim, ammo biz «Galatasaroy»ga qarshi o'yinda ham fantastik ish bajardik, u yerda, o'sha stadionda, muxlislar qurshovida va ularning hujumiga qarshi o'ynash oson emasdi. Biz a'lo darajada himoyalandik, hujumda esa o'z futbolimizni namoyish etdik. O'ylaymanki, yarimhimoyachilarimiz Pedri, Rodri hamda Fermin fantastik ish bajarishdi. Biz buni har bir o'yinda ko'rsatishimiz kerak va aynan shuni amalga oshirmoqchimiz».
Dani Olmoning «to'qqizlik» pozitsiyasidagi harakati haqida:
Hansi Flik: «Biz yechim izlashimiz kerak va aynan shu ish bilan mashg'ulmiz. Dani — ajoyib futbolchi, inson sifatida ham juda zo'r. Uning futbol mahorati va xarakterining uyg'unligini nazarda tutyapman — u ajoyib. Danida ko'rayotgan narsalarimni juda qadrlayman. U har doim maydonda borini beradi. So'nggi yarim yilda u sezilarli darajada o'sdi. Jismonan u 100% tayyor. Biz uning fantastik futbol o'ynashini bilamiz. U bizga ko'p narsa beradi. Uning «to'qqizlik» pozitsiyasida o'ynay olishi juda yaxshi. «Galatasaroy»ga qarshi o'yin oson bo'lmadi, ammo u ham biz bilan, ham terma jamoada bu pozitsiyada o'ynay olishini ko'p marta isbotlagan».
Frenki de Yongni himoya markazida ko'ryapsizmi?
Hansi Flik: «Biz bu variantni ko'p mashq qilmadik. Mashg'ulotlarda shunday vaziyatlar bo'ladi, lekin ko'proq 5 ga 5 o'yinlarda, u tez-tez himoya chizig'ida qolib ketardi. Mashg'ulotda uning juda e'tiborli bo'lganini, qanchalik yaxshi ekanini ko'rsatishga 100% ishonganini ko'rdim. Bu yaxshi holat. Aytganimdek, Frenki — top-darajadagi futbolchi. Bu yana bir variant. Albatta, men buni boshqarishim kerak, barcha o'yinchilar bilan, bu oson emas, lekin o'ylayman-ki, bunday vaziyat atigi 1-2 futbolchiga ega bo'lishdan ko'ra ancha yaxshi. Men uchun zaxira o'rindig'idagi o'yinchilarning sifati ham muhim. Asosiy tarkibda tushayotgan futbolchilar har doim 100% kuch bilan harakat qilishi va «men formadaman» deb ko'rsatishi kerak deb hisoblayman. Hech kim dam ololmaydi, har kim 100% kuch bilan ishlashi va e'tiborli bo'lishi shart. Bu yaxshi holat».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!