Jon Persi Alejandro Garnachoning qiymatini oshirmoqda.
Jurnalistning xabar berishicha, argentinalik futbolchi xalqaro tanaffus davomida juda qattiq ishlagan — uch hafta ichida o'ziga xos mini-mavsumoldi tayyorgarligini o'tkazgan. U individual dastur asosida shug'ullangan va klubdagilar uning sezilarli darajada o'sganini allaqachon payqashgan. U taktikani Emeri va murabbiylar shtabi bilan muhokama qilib, o'yin jarayoniga tezroq kirishib ketishga harakat qilgan.
Tanaffus vaqtida Villa o'rtoqlik uchrashuvlarida Sautgempton va Sevilya bilan to'qnash keldi. Garnacho har ikkala bahsda ham gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!