Benfika Teylor Harvud-Bellis uchun taklif yubordi
Benfika Teylor Harvud-Bellis uchun 20 million yevrolik taklif bilan chiqdi, biroq Sautgempton buni rad etdi.
David Ornstein xabariga ko'ra:
Benfika Sautgempton himoyachisi Teylor Harvud-Bellis uchun 20 million yevro taklif qildi. Angliyalik himoyachi uchun qilingan bu taklif Sautgempton talab qilgan summadan pastroq bo'lgani uchun rad etildi. Biroq ingliz klubi munosib taklif tushgan taqdirda muzokaralarga tayyor. Marko Silva futbolchini transfer qilishdan shaxsan manfaatdor, o'z navbatida, futbolchining o'zi ham Benfikaga o'tishga qiziqish bildirmoqda.