«Olimpik Lion» Duye Chaleta-Tsar bilan shartnomani o'zaro kelishuvga ko'ra muddatidan avval bekor qilganini ma'lum qildi. Himoyachining amaldagi shartnomasi 2027-yilning 30-iyuniga qadar mo'ljallangan edi.
Duye Chaleta-Tsar «Olimpik Lion» safiga 2023-yilda «Sautgempton»dan avval ijara asosida kelib qo'shilgan, 2024-yilda esa transferi to'liq sotib olingan edi.
«Lion» safida o'tkazgan vaqti davomida 29 yoshli xorvatiyalik himoyachi barcha turnirlarda 57 ta o'yinda maydonga tushdi.
Chaleta-Tsar «Lion» tarkibida, xususan, 2024-yilgi Fransiya Kubogi finaliga chiqishda va klubning yevrokuboklarga qaytishida o'z hissasini qo'shdi.
O'tgan mavsumda himoyachi ijara asosida «Real Sosedad» safida to'p tepdi.
Endilikda Chaleta-Tsar faoliyatini A Seriyada, «Sassuolo» safida davom ettiradi va u yerda «Lion»dagi sobiq jamoadoshi Nemanya Matich bilan yana birga o'ynaydi.
«Olimpik Lion» Duye Chaleta-Tsarga kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!