#Pit O’Rurk — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Leeds United va Everton Esteban Lepolga qiziqish bildirmoqda

Leeds United va Everton Esteban Lepolga qiziqish bildirmoqda

Football Insider jurnalisti Pit O'Rurk xabariga ko'ra, «Lids» va «Everton» «Renn» hujumchisi Esteban Lepolni kuzatmoqda.

Football Insider jurnalisti Pit O'Rurk xabariga ko'ra, «Lids» Esteban Lepolning o'yinini kuzatmoqda.

26 yoshli markaziy hujumchi «Renn» safida to'p suradi, u o'tgan yili «Anje»dan transfer qilingan edi. Hozirgi vaqtda fransiyalik futbolchi «qizil-qoralar» safida joriy va o'tgan mavsumda jami 44 ta o'yin o'tkazib, 27 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, «Lids» va «Everton» Lepolning o'yinini diqqat bilan kuzatmoqda, chunki har ikki klub ham hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi. Shunga qaramay, «Renn» rahbariyati bu qiziqishni «xotirjam» qabul qilmoqda, chunki futbolchining shartnomasi 2030-yilga qadar mo'ljallangan.

O'Rurkning yozishicha, Esteban Lepol qishda klubini o'zgartirishi dargumon, ammo yozda transfer amalga oshishi ehtimoli yuqoriroq bo'lishi mumkin.

Lids Yunayted Shi Charlz transferidan voz kechmoqchi

Lids Yunayted Shi Charlz transferidan voz kechmoqchi

Football Insider jurnalisti Pit O’Rurk xabariga ko'ra, Lids Yunayted Shi Charlz transferi bo'yicha urinishlarni to'xtatmoqchi.

Football Insider jurnalisti Pit O’Rurk xabariga ko'ra, Lids Yunayted klubi Shi Charlz transferi bo'yicha urinishlarni to'xtatishni rejalashtirmoqda. Klub o'z e'tiborini boshqa maqsadlarga qaratmoqchi.

O'ng ustun yangiliklari

Issouf Sissoko «Lids» nishonida

Issouf Sissoko «Lids» nishonida

«Lids» yanvar oyida «Makkabi Tel-Aviv» yarim himoyachisi Issouf Sissokoni o'z safiga qo'shib olishi mumkin.

«Lids» yanvar oyida Issouf Sissoko transferini amalga oshirishi mumkin, deb yozmoqda Football Insider jurnalisti Pit O’Rurk.

24 yoshli tayanch yarim himoyachisi «Makkabi Tel-Aviv» safida to'p surmoqda. Joriy mavsumda maliyalik futbolchi «sariqlar» tarkibida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi va 4 ta sariq kartochka oldi.

Jurnalistning xabar berishicha, «Elland Roud»da Sissoko o'yinini uzoq vaqtdan beri kuzatib kelishmoqda. Yarim himoyachining Isroil klubi bilan shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo'ljallangan, shu bois «Lids» uni qishda arzonroq narxda sotib olishga urinib ko'rishi mumkin.

Futbolchining o'zi Premer-ligaga ko'chib o'tish imkoniyatiga ijobiy qarayapti.

Umar Sole uchun transfer narxi pasaytirildi

Umar Sole uchun transfer narxi pasaytirildi

Football Insider xabariga ko'ra, "Udineze" Umar Sole uchun narxni 20 million funtgacha tushirdi. Futbolchi uchun "Lids", "Inter" va "Yuventus" da'vogarlik qilmoqda.

Football Insider nashri jurnalisti Pit O'Rurk xabariga ko'ra, "Udineze" Umar Sole uchun so'ralayotgan narxni 20 million funt sterlinggacha tushirdi.

"Lids" 26 yoshli markaziy himoyachi atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda, biroq futbolchiga "Inter" va "Yuventus" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Agar ushbu jamoalardan biri aniq qadamlar tashlasa, "oqlar" uchun fransiyalik futbolchi uchun bo'ladigan raqobatda g'olib chiqish qiyin kechadi.