Mamadou Sangare mashg'ulotlarga Uber'da qatnaydi
Mamadou Sangare «Brentford» mashg'ulotlariga shaxsiy mashina o'rniga Uber'da qatnaydi. Futbolchi o'z odatlariga sodiq qolishni afzal ko'rmoqda.
Mamadou Sangare har kuni «Brentford» mashg'ulotlariga shaxsiy avtomobil sotib olish o'rniga Uber'da qatnaydi:
Maliyalik yarim himoyachi, yozda «Lans»dan taxminan 48 million yevro evaziga o'tgan futbolchi, yo'l atigi 5–10 daqiqa davom etishi sababli bunday variantni tejamkorroq deb hisoblaydi.
«Men juda oddiy odamman. Professional futbolchi bo'lganim odatlarimni o'zgartirishim kerakligini anglatmaydi.
Men qayerdan kelganimni eslayman, shuning uchun «yulduzlik kasali» menga tahdid solmaydi».
O'n millionlab yevrolik transferga qaramay, Sangare oddiy hayot tarzini saqlab qolishni va odatlariga sodiq qolishni afzal ko'rmoqda!