Ansu Fati umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi
Ansu Fati jarohatdan forig' bo'lib, umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi. U «Tuluza»ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.
Ansu Fati nihoyat to'liq mashg'ulotlarga qaytdi — Sebastyan Deni, Foot Mercato.
23 yoshli ispaniyalik futbolchi o'tgan hafta umumiy guruhda mashg'ulotlarni qayta boshladi. Eslatib o'tamiz, bungacha Fati mavsumoldi tayyorgarligining boshidayoq jarohat olgan edi.
Ansu xalqaro tanaffusdan so'ng, 10-oktyabr kuni bo'lib o'tadigan «Tuluza»ga qarshi safar o'yini qaydnomasiga kiritilishi mumkin.