Issouf Sissoko «Lids» nishonida
«Lids» yanvar oyida «Makkabi Tel-Aviv» yarim himoyachisi Issouf Sissokoni o'z safiga qo'shib olishi mumkin.
«Lids» yanvar oyida Issouf Sissoko transferini amalga oshirishi mumkin, deb yozmoqda Football Insider jurnalisti Pit O’Rurk.
24 yoshli tayanch yarim himoyachisi «Makkabi Tel-Aviv» safida to'p surmoqda. Joriy mavsumda maliyalik futbolchi «sariqlar» tarkibida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi va 4 ta sariq kartochka oldi.
Jurnalistning xabar berishicha, «Elland Roud»da Sissoko o'yinini uzoq vaqtdan beri kuzatib kelishmoqda. Yarim himoyachining Isroil klubi bilan shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo'ljallangan, shu bois «Lids» uni qishda arzonroq narxda sotib olishga urinib ko'rishi mumkin.
Futbolchining o'zi Premer-ligaga ko'chib o'tish imkoniyatiga ijobiy qarayapti.