Peter Bosh 2016-yilda "Makkabi Tel-Aviv" bilan shartnomasidagi maxsus band tufayli qanday qilib "Ayaks"ga o'tganini so'zlab berdi.
"Menga Mark Overmars yozgandi, garchi o'sha paytda deyarli tanish bo'lmasak ham. Hozir u mening do'stim, lekin uning xabarlari doim juda qisqa bo'ladi. U: "Uzoq muddatli shartnoma imzolama", deb yozdi. Men: "Nega unday?", deb javob qaytardim. Javob kelmadi, lekin oldinda "Makkabi Tel-Aviv" bilan muzokaralar bor edi, shuning uchun har ehtimolga qarshi shartnomamga "Ayaks" uchun maxsus band kiritdim.
Ikki oy o'tgach, Overmars menga qo'ng'iroq qildi. Frank de Burga yana bir yil qolish taklif qilingandi. Agar u shartnomani uzaytirishdan bosh tortsa, ular meni taklif qilmoqchi bo'lishgan".
"Xerakles", AGVV va "De Grafsxap" kabi klublarda astoydil ishlash mumkin, lekin o'z nomingni chiqarish uchun "Ayaks" darajasidagi klub kerak. Bu faoliyatimdagi eng muhim pallalardan biri edi".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!