🗣️ Jeymi Karrager — Unai Emerining «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkinligi haqida:
«Mening nazarimda, uning mavsumdan mavsumga erishayotgan natijalari haqiqatan ham tahsinga loyiq. Bu aqlbovar qilmas ish. Ishonchim komilki, Unai dunyoning eng yirik klublaridan birida ishlash imkoniyatini yana bir bor qo'lga kiritishni istagan bo'lardi».
«Aston Villa» hech qachon «Manchester Yunayted» darajasidagi klub bo'lmaydi. Futbolda har doim ma'lum bir iyerarxiya mavjud bo'lgan, buni xohlaysizmi yoki yo'q. Masalan, «Real Madrid» «Yunayted»ning eng yaxshi futbolchisini o'z safiga qo'shib olishga qodir, xuddi Ronaldu bilan sodir bo'lganide. Ammo «Yunayted»dan yuqoriroq turadigan klublarni barmoq bilan sanab chiqish mumkin. Xuddi shu narsa «Liverpul»ga ham tegishli».
Shuning uchun, la'nati bo'lsin, «Villa» muxlislari, shunchaki jim turinglar. Bu oddiy fikrni sizga yetkazish shunchalik qiyinmi? Umuman, nima haqida gapirayotganimni tushunyapsizlarmi? Yana bir bor takrorlayman: «Aston Villa» hech qachon «Manchester Yunayted» kabi miqyosdagi klubga aylanmaydi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!