🗣️ Unai Emeri — «Old Trafford»da «Manchester Yunayted»ga qarshi bo'lajak o'yin haqida:
«To'rt yil davomida bu yerda ishlayotganimda, har safar Manchesterga «Yunayted»ga qarshi o'yin uchun kelganimizda mag'lub bo'lganmiz.
Hatto to'rt yil avvalgi ilk uchrashuvimiz, Angliya liga kubogidagi bahs ham 2:3 hisobidagi mag'lubiyat bilan yakunlangan.
Bu biz uchun ushbu jamoaga qarshi uning stadionida o'ynash qanchalik qiyinligini yana bir bor tasdiqlaydi».
«Manchester Yunayted»ning hozirgi holati haqida:
«Manchester Yunayted» — fantastik klub. O'tgan mavsumda jamoa juda yaxshi ishtirok etdi va UEFA Chempionlar ligasiga yo'llanma olishga muvaffaq bo'ldi.
Joriy mavsumda ham ular Chempionlar ligasida ishtirok etishmoqda va sifatli futbol ko'rsatishmoqda.
Premer-ligada mavsum boshlanishi biroz beqaror chiqdi, ammo men ularning avvalgi barqarorlikni qaytarib, natijalarini yaxshilashiga qodir ekanliklariga ishonaman.
Faqat umid qilamanki, bu yakshanba kuni, ular bizga qarshi o'ynaganda sodir bo'lmaydi.
Har qanday holatda ham bizni o'ta qiyin o'yin kutib turibdi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!