Nikolas Jekson «Aston Villa» futbolchisiga aylandi
Good Sport ↗ ●●●●● Transfer 👁 23

Nikolas Jekson «Aston Villa» futbolchisiga aylandi

«Aston Villa» «Chelsi»dan 25 yoshli senegallik hujumchi Nikolas Jeksonni 55,5 million yevro evaziga o'z safiga qo'shib oldi. Shartnoma yana 20,4 million yevro bonuslarni ham o'z ichiga oladi va 5 yilga mo'ljallangan.

Moliyaviy jihatdan «Chelsi» uchun bu foydali bitim hisoblanadi. Klub futbolchini 2023-yil yozida «Vilyarreal»dan 37 million yevroga xarid qilgandi. Endi esa «Chelsi» darhol 33,3 million yevro sof foyda ko'radi.

«Aston Villa» uchun bu transfer yiliga 11,1 million yevro amortizatsiya xarajatini tashkil etadi. Unay Emeri futbolchini «Vilyarreal»dagi faoliyatidan yaxshi taniydi va uni Uotkinsga to'g'ridan-to'g'ri o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!