Fernando Torres «Liverpul»dan «Chelsi»ga o'tishi, muxlislar munosabati va o'sha davrdagi his-tuyg'ulari haqida The Athletic nashriga intervyu berdi.
Fernando Torres The Athletic nashriga bergan intervyusida «Liverpul»dan «Chelsi»ga o'tishi haqida gapirdi:
«Men odamlar uchun bu qanchalik og'ir bo'lishini tushunmagan ekanman. Ketganimda ularning og'rig'ini ko'rdim va bu meni o'ldirardi. Men uchun asosiy raqib «Manchester Yunayted» edi. «Liverpul»da o'ynaganimda buni aynan shunday qabul qilardim. Men hech qachon «Manchester Yunayted»ga o'tmagan bo'lardim. Bu xuddi «Real» va «Atletiko» o'rtasidagi munosabatga o'xshaydi».
«Men Angliyada qolishni xohladim, chunki Premyer-ligani va u yerdagi futbol uslubini yaxshi ko'rardim. «Liverpul»dagi ilk mavsumimdan so'ng «Barselona»ga o'tish imkoniyatim bor edi, lekin takliflarni eshitishni ham istamadim, chunki baxtli edim. Keyin, 2010-yilda «Barsa» yana meni sotib olishga urindi, ammo yakunda o'rnimga u yerga David Vilya o'tdi».
«Meni «Chelsi» va «Manchester Siti» o'z safiga qo'shib olmoqchi edi. Men «Chelsi» o'z tarkibidagi ajoyib futbolchilar evaziga menga sovrinlar yutish uchun eng yaxshi imkoniyatni taqdim etishini his qildim».
«Ba'zida futbolda o'z yo'lingdan borishing va o'zing uchun nima yaxshiroq ekanligi haqida o'ylashing kerak. Lekin senga borini bergan odamlarga og'riq yetkazayotganingni anglamaysan. Men «Liverpul» muxlislari uchun qanchalik muhimligimni tushunmagan ekanman. Men o'zimni shunchaki navbatdagi o'yinchi deb o'ylaganman».
««Chelsi» tarkibida «Enfild»ga ilk bor qaytganimda, menga juda og'ir bo'lgan. Men dahshatli o'yin o'tkazganman [«Chelsi» 1:4 hisobida mag'lub bo'lgan]. Birinchi marta uyda bo'lsam-da, aslida uyda emasdim».
««Liverpul»dan ketish qarorimdan afsuslanmayman, chunki o'sha paytda o'zim uchun to'g'ri deb bilgan ishni qilganman. Lekin barchasini tushuntirishga va yangi egalar bilan yaxshilab gaplashib olishga vaqt topa olmaganimdan afsusdaman. Shuningdek, «Liverpul» muxlislarining tuyg'ularini jarohatlaganimdan ham afsusdaman».
«O'sha paytda men uchun hamma narsa sovrinlar yutish bilan bog'liq edi. Ammo yosh o'tgan sari bular eng muhimi emasligini tushunasan. Odamlar bilan bo'lgan aloqa ancha muhimroq. Baxtli bo'lish va biror narsaning haqiqiy qismi ekanligingni his qilish — bundan ham muhimroq».
«Gap sovrinlarda emas, balki ortingda qoldirgan merosingda. Hali ham meni kechirmaganlarni tushunaman, lekin o'z nuqtai nazarimni tushuntirish imkoniyati ba'zilarning fikrini biroz o'zgartirishiga olib keldi».
«Bu odamlarning kechirimini olish men uchun juda ko'p narsani anglatadi. Bu xuddi yelkamdan 300 kilogrammlik yuk tushgandek bo'ldi».
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Madridning "Atletiko" klubi iqtidorli futbolchisi Gabriel Obama Fernando Torres boshqaruvidagi "Atletiko B" tarkibiga kiritildi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Madridning "Atletiko" klubi iqtidorli futbolchisi Gabriel Obama Fernando Torres boshqaruvidagi "Atletiko B" tarkibiga kiritildi. 🌟
"Atletiko" yoshlar ligasida to'rtta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan 18 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma imzolashni istamoqda. Ayni damda Yevropaning bir qator klublari futbolchini kuzatib bormoqda.
Xavyer Agirre «Valensiya» bosh murabbiyi sifatidagi debyut o'yiniga tayyorgarlik ko'rmoqda. Mutaxassisning Ispaniya klublaridagi statistikasi qanday?
📊 Xavyer Agirre «Valensiya» bosh murabbiyi sifatidagi debyut o'yini oldidan statistik ma'lumotlar:
Ispaniya klublari bilan Agirre o'zining ilk uchrashuvida atigi bitta g'alabaga erishgan.
E'tiborli jihati shundaki, bu yagona g'alaba aynan «El Sardinero» stadionida Santanderning «Rasing» klubiga qarshi o'yinda qo'lga kiritilgan. 2006-yilda «Atletiko Madrid» Fernando Torresning goli evaziga 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
Terma jamoalar bilan Agirre debyut o'yinlarida uchta g'alabaga erishgan: ikki marta Meksika va bir marta Misr bilan. Shu bilan birga, u ikkita mag'lubiyatni ham qabul qilib olgan — Meksika va Yaponiya bilan.
Va mana endi, 20 yildan ortiq vaqt o'tib, u o'zining Ispaniya klubi bilan debyut o'yinidagi yagona g'alabasini nishonlagan o'sha stadionda «Valensiya»dagi faoliyatini boshlamoqda.
MARCA xabariga ko'ra, «Atletiko Madrid» Serxio Esteban bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda va futbolchiga kelgan takliflarni rad etdi.
🚨 MARCA: «Atletiko Madrid» Serxio Esteban bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda. Klub hujumchiga kelib tushgan bir nechta takliflarni, jumladan, futbolchi La Ligada debyut qilishi mumkin bo'lgan «Levante» taklifini rad etdi.
Klubda uni jamoaning kelgusi yillardagi asosiy istiqbolli futbolchilaridan biri va Ispaniyaning eng iqtidorli yosh o'yinchilaridan biri deb hisoblashadi. «Atletiko» Esteban o'z rivojlanishini Fernando Torres qo'l ostida «Atletiko Madrilyo»da davom ettirishini istaydi.
Futbolchining amaldagi shartnomasi yana ikki yilga mo'ljallangan, biroq tomonlar o'rtasida yaxshi munosabatlar va kelgusi yo'l bo'yicha o'zaro tushunish mavjud.
«Atletiko»ning rejasi — shartnomani uzaytirish va uning shartlarini yaxshilash, shuningdek, Esteban'ning o'sib borayotgan rolini va klubning uning kelajagiga bo'lgan umidlarini hujjatda aks ettirishdan iborat.
Fernando Torres «Liverpul»dan ketishi, «Chelsi»ga o'tishi va muxlislar bilan munosabati haqida samimiy intervyu berdi.
Fernando Torres «Liverpul» tarixidagi befarq bo'lmagan shaxslardan biri, klub muxlislarining sevimlisiga aylangan va ko'pchilikning jamoaga muxlislik qilishiga sababchi bo'lgan. Uning «Chelsi»ga o'tishi ko'pchilik uchun og'riqli bo'lgandi va endi El-Ninyo o'sha davr haqida batafsil so'zlab berdi.
🛑 Sevgi haqida
«Liverpul»dagi ilk kunimdan boshlab o'zimni uydagidek his qildim va mehrni tuydim. Butun dunyoda bu qanchalik katta klub ekanligini Osiyodagi mavsumoldi yig'iniga borganimizda va mashg'ulotimizga 50 ming odam kelganida tushunib yetgandim.
«Liverpul» 2005-yilda Istanbulda UEFA Chempionlar ligasini yutgan, men kelishimdan biroz oldin esa Afinada finalga chiqqandi. U yerda men izlagan barcha narsa bor edi: muxlislar va o'yinchilar o'rtasidagi bog'liqlik, Kop, tarkibdagi ispaniyaliklar – Xabi Alonso, Pepe Reyna, Alvaro Arbeloa – va eng yirik sovrinlar uchun kurashish imkoniyati.
O'yinlardan biri oldidan maydonda saf tortganimizda, Kop «You’ll Never Walk Alone»ni kuylayotgan paytda Pepe bilan yonma-yon turib, unga shunday degandim: «Shu stadionda har bir o'yinda gol uradigandekman».
🛑 Benites va Jerrard haqida
«Rafa talabchan, lekin ajoyib murabbiy edi. Orqangizda Stivi Ji o'ynaganda, hammasi oson edi. Men bo'sh zonaga yugurardim va u mukammal pas berishini oldindan bilardim.
Bizga hatto gaplashish ham shart emasdi. Bu bog'liqlik ilk kundanoq paydo bo'lgandi. U men o'ynagan eng yaxshi futbolchi».
🛑 Ketish sabablari haqida
«Bu eng nozik qism. Tushuntirish qiyin. Qisqacha aytganda, «Liverpul»da umuman hamma narsa o'zgardi.
Ular eng yaxshi o'yinchilarimizni sota boshlashdi. Xabi 2009-yilda «Real»ga, Maskerano 2010-yilda «Barselona»ga ketdi. Rafa ham ketdi. Men: «Bu yerda nimalar bo'lyapti?» deb o'ylardim.
Biz Premer-liga va UEFA Chempionlar ligasida g'alabaga yaqin edik. Bizga atigi bir qadam yetishmasdi – tarkibga bir juft futbolchi qo'shish kerak edi, ammo buning o'rniga unchalik yuqori saviyali o'yinchilar keldi.
Boshqaruvchi direktor Kristian Perslou bilan gaplashdim, klub bilan ochiq bo'lishni istadim va «Liverpul»ga sovrinlar yutish uchun kelganimni tushuntirdim. U klub sotilish jarayonida ekanligini va ular endi o'yinchilarni sota olmasliklarini aytdi.
Egalari almashgandan keyin esa Jon Genri bilan gaplashdim. Menga endi yosh o'yinchilarni sotib olish, ularni rivojlantirish va loyiha qurish bo'yicha boshqacha yondashuv bo'lishini, bunga o'n yil kerakligini tushuntirishdi. Men deyarli 27 yoshda edim va menda bu o'n yil yo'q edi.
Shuningdek, sport direktori Damyen Komolli bilan ham gaplashdim. Menda u ketishim yoki qolishimga umuman befarqdek tuyg'u qoldi.
U: «Agar o'rningga o'rinbosar topsak, ketaverishing mumkin», dedi. U: «Kel, yangi loyiha quramiz. Sen qolishing kerak, biz mana bu va mana bu o'yinchini olamiz», demadi. Hech qanday shunday gap bo'lmadi».
🛑 Muxlislarning munosabati haqida
«Odamlar uchun bu qanchalik og'ir bo'lishini tushunmagandim. Ketganimda o'sha og'riqni ko'rdim va u meni shunchaki o'ldirardi. Men buni umuman istamagandim.
Men uchun asosiy raqib «Manchester Yunayted» edi. «Liverpul»da o'ynaganimda aynan shunday his qilardim. «Yunayted»ga hech qachon o'tmagan bo'lardim.
Angliyada qolishni istadim, chunki Premer-liga va bu futbol uslubini yaxshi ko'rardim.
«Liverpul»dagi birinchi mavsumimdan keyin «Barselona»ga o'tish imkoniyatim bor edi, lekin hech narsani eshitishni ham istamagandim, chunki baxtli edim. 2010-yilda «Barsa» yana meni sotib olmoqchi bo'ldi, ammo yakunda o'rnimga David Vilya o'tdi.
Meni «Chelsi» va «Manchester Siti» xohlardi. Aynan «Chelsi» o'zining ajoyib tarkibi bilan menga sovrinlar yutish uchun eng yaxshi imkoniyatni beradigandek tuyulgandi. Ba'zida futbolda o'z yo'lingdan borish va o'zing uchun nima yaxshiroq bo'lishi haqida o'ylash kerak bo'ladi.
Ammo sen bir vaqtning o'zida senga hamma narsasini bergan odamlarga og'riq yetkazayotganingni anglamaysan.
«Liverpul» muxlislari uchun qanchalik muhimligimni tushunmagandim. Men shunchaki yana bir o'yinchi deb o'ylardim. «Enfild»ga «Chelsi» o'yinchisi sifatida ilk bor qaytganimda juda og'ir edi. Dahshatli o'yin o'tkazgandim.
Birinchi marta uyda edim, lekin shu bilan birga uyda emasdim».
🛑 Ketganidan afsuslanadimi?
«Liverpul»dan ketish qarorimdan afsuslanmayman, chunki o'sha paytda o'zim uchun to'g'ri deb bilgan ishni qilgandim.
Ammo yangi egalar bilan gaplashib, bir-birimizni yaxshiroq bilib olish uchun vaqt bo'lmaganidan va «Liverpul» muxlislariga og'riq yetkazganimdan afsusdaman.
O'shanda hamma narsa sovrinlar yutishga bog'liq edi, ammo yosh o'tgan sari bu eng muhimi emasligini tushunasan. Odamlar bilan bog'liqlik muhimroq. Baxtli bo'lish va nimadirning bir qismi ekanligingni his qilish muhimroq.
Gap sovrinlarda emas, ortingda qoldiradigan merosda – odamlarga hurmat bilan munosabatda bo'lishga harakat qilishda. Farzandlarim odamlar oldimga kelayotganini ko'rganda, to'g'ri yo'l tutish qanchalik muhimligini tushunaman.
Asosiysi – seni qanday eslab qolishlari».
🛑 2015-yilda «Enfild»ga qaytish
«Hali ham meni kechirmaganlarni tushunaman, ammo voqealar rivojini o'z tarafimdan tushuntirish imkoniyati ba'zi odamlarning fikrini biroz o'zgartirdi.
2015-yilda Stivining xayrlashuv o'yinida «Enfild»ga kelish imkoniyati paydo bo'lganini eslayman. Juda asabiylashgandim va qo'rqardim.
Stiviga: «Yo'q, bormayman. Bu sening kuning va men e'tiborni o'zimga tortishni istamayman», degandim.
Ammo u: «Xavotir olma. Kel, hammasini to'g'rilaymiz», dedi.
Odamlarning meni qanday qabul qilgani ajoyib edi. Bu ulkan yengillik bo'ldi.
Men hali ham klub va shaharni yaxshi ko'raman. O'g'lim Leo – skauzer. U bilan yiliga kamida bir marta «Enfild»ga kelishga harakat qilaman. U bu stadionni his etishini va u yerda bo'lish nimani anglatishini tushunishini istayman.
Odamlarning meni kechirgani men uchun juda katta ahamiyatga ega. Go'yo yelkamdan 300 kilogramm yuk tushgandek bo'ldi».