🚨 MARCA: «Atletiko Madrid» Serxio Esteban bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda. Klub hujumchiga kelib tushgan bir nechta takliflarni, jumladan, futbolchi La Ligada debyut qilishi mumkin bo'lgan «Levante» taklifini rad etdi.
Klubda uni jamoaning kelgusi yillardagi asosiy istiqbolli futbolchilaridan biri va Ispaniyaning eng iqtidorli yosh o'yinchilaridan biri deb hisoblashadi. «Atletiko» Esteban o'z rivojlanishini Fernando Torres qo'l ostida «Atletiko Madrilyo»da davom ettirishini istaydi.
Futbolchining amaldagi shartnomasi yana ikki yilga mo'ljallangan, biroq tomonlar o'rtasida yaxshi munosabatlar va kelgusi yo'l bo'yicha o'zaro tushunish mavjud.
«Atletiko»ning rejasi — shartnomani uzaytirish va uning shartlarini yaxshilash, shuningdek, Esteban'ning o'sib borayotgan rolini va klubning uning kelajagiga bo'lgan umidlarini hujjatda aks ettirishdan iborat.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!