The Athletic: Mourinyu «Real Madrid»da astoydil ishlamoqda
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 10

The Athletic: Mourinyu «Real Madrid»da astoydil ishlamoqda

🖥 The Athletic | Mourinyu va uning yordamchilari portugaliyalik mutaxassis «Real Madrid»ga qaytganidan beri juda astoydil mehnat qilishmoqda. Ba'zi kunlari ular klub bazasida 12 soatgacha vaqt o'tkazishadi.

«Qirollik klubi» ustozi ko'pincha Valdebebasda tunab qolmoqda. Uning shtabidagi bir necha xodim esa «Madrid»dagi ishiga to'liq diqqatini qaratish uchun oilasini Portugaliyada qoldirib kelgan.

«Real Madrid» Mourinyu qo'l ostida to'g'ri yo'nalishda harakatlanmoqda. «Barselona» ustidan qozonilgan g'alaba ham shuning tasdiqlaridan biri. Murabbiylar shtabi jamoa yanada jipslashganiga, futbolchilar esa 63 yoshli mutaxassis joriy etayotgan o'yin tamoyillarini tobora yaxshiroq o'zlashtirayotganiga ishonch bildirmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!