🖥 The Athletic (Kortegana) | Vinisius o'z formasini tanqidiy baholamoqda va so'nggi vaqtlarda ko'rsatayotgan o'yini odatiy yuqori darajaga mos kelmayotganini tushunib turibdi.
Vingerga yaqin manbalarning ta'kidlashicha, uning holatiga shaxsiy hayotidagi voqealar, jumladan, qiz do'sti bilan ajrashishi ham ta'sir qilgan.
Vinisius endilikda ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan tiklanishga e'tibor qaratishi kutilmoqda. Xususan, braziliyalik futbolchi La Ligadagi diskvalifikatsiya tufayli yuzaga kelgan amaliyot yetishmovchiligini qoplash uchun maxsus individual dastur asosida shug'ullanmoqda.
Shu bilan birga, Mourinyuga yaqin manbalarning xabar berishicha, u Vinisiusni juda yuqori baholaydi va unga o'zining eng yaxshi darajasiga qaytishiga yordam berish niyatida. "Madrid" murabbiylar shtabi hujumchining portlovchi tezligi va chaqqonligidan maksimal darajada foydalanishga qaratilgan maxsus reja ishlab chiqdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!