📰 AS (❓) | Ham «Madrid» rahbariyati, ham Mastantuononing o'zi «Fiorentina»ga ijara asosida o'tishni 19 yoshli vingerning rivojlanishi uchun juda foydali deb hisoblamoqda.
Har holda, «qaymoqranglilar» argentinalik futbolchining iqtidoriga hamon to'liq ishonishadi. Mastantuononing o'zi ham «Real Madrid»ga qaytishni va kelasi mavsumda jamoa safida to'p surishni istaydi.
Qayd etish joizki, joriy mavsumda futbolchi «Fiorentina» safida ijara asosida 7 ta o'yin o'tkazib (469 daqiqa), 3 ta gol urdi va 2 ta sariq kartochka oldi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!