Arancha Rodriges xabariga ko'ra, Franko Mastantuono ijara asosida «Fiorentina» safiga o'tishga yaqin turibdi. Transfer tez orada e'lon qilinishi kutilmoqda.
Arancha Rodriges xabariga ko'ra, futbolchining transferi bo'yicha e'lon tez orada amalga oshiriladi.
Mastantuono «Fiorentina»ga ijara asosida o'tishga yaqin.
Arancha Rodriges xabariga ko'ra, Real Madrid va Vinisius Junior shartnoma borasida muzokaralarni qayta boshlaydi. Tomonlar kelishuvga erishmoqchi.
Arancha Rodriges xabariga ko'ra, klub va Vinisiusning vakillari muzokaralarni qayta boshlashadi. Har ikki tomon ham yakunda kelishuvga erishishni maqsad qilgan.
Arancha Rodriges xabariga ko'ra, «Real» futbolchi Karlos Espi uchun belgilangan 25 million yevro miqdoridagi tovon pulini to'lashni ko'rib chiqmoqda.
Arancha Rodriges xabariga ko'ra, «Real» futbolchi uchun belgilangan 25 million yevro miqdoridagi tovon pulini zudlik bilan to'lash imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqmoqda.
Arancha Rodrigesning ma'lum qilishicha, «Real Madrid» Maykl Olise transferi bo'yicha muzokaralar olib bormayapti va «Bavariya» bilan munosabatlarni buzishni istamaydi.
Arancha Rodriges xabariga ko'ra, Maykl Olise «Real Madrid» ichida katta hurmatga ega, biroq klub 20-iyun kuniyoq uning transferi ustida ishlashni rejalashtirmayotganini ma'lum qilgan.
«Real Madrid» faqatgina futbolchining o'zi «Bavariya»dan ketish istagini ochiqchasiga bayon qilsa va Myunxen klubi uning transferiga rozilik bersa, Maykl Oliseni qo'lga kiritishga urinib ko'radi.
«Real Madrid» «Bavariya» bilan ziddiyatga borishni istamayapti.
Selta himoyachisi Xavi Rodrigesga Everton, Nyukasl, Fulxem va PSJ klublari qiziqish bildirmoqda. Futbolchining tovon puli 40 million yevroni tashkil etadi.
Everton Selta o‘ng qanot himoyachisi Xavi Rodrigesga qiziqish bildirmoqda. Ma‘lumot o‘rnida Xavining tovon puli 40 million yevroni tashkil etadi.
Xavi Rodriges shuningdek Nyukasl, Fulxem va PSJ klublari nishonida ham turibdi.
Krasnodar Kosta o'rniga Union himoyachisi Mayzon Rodrigesni transfer qilmoqchi. Karp xabariga ko'ra, muzokaralar davom etmoqda.
Karp xabariga ko'ra, Krasnodar Kosta o'rniga argentinalik himoyachini olib kelmoqchi. Klub 23 yoshli markaziy himoyachi Mayzon Rodriges transferi bo'yicha Union de Santa-Fe bilan muzokaralar olib bormoqda. Transfer summasi 4,5 million dollarni tashkil etishi mumkin.
Union klubi Mayzonni 2025-yil qishida Xuventuddan sotib olgan edi. O'shanda bitim 50 foiz huquq uchun 825 ming dollarni tashkil qilgan. Futbolchi qisqa vaqt ichida jamoaning asosiy markaziy himoyachisiga aylandi va bir yarim yil ichida 34 ta o'yinda maydonga tushdi.
Mayzon agressiv o'yin uslubiga ega, raqibga qarshi kurashlarda faol va havodagi to'plarni egallashda jamoaning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi. Uning joriy mavsumdagi kurashlarda g'alaba qozonish ko'rsatkichi 65 foizdan yuqori.
Rodriges Krasnodar safida Kosta o'rnini egallashi kutilmoqda. Braziliyalik himoyachi mavsumoldi tayyorgarligini to'liq o'tkaza olmadi va hozirda asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotgan. Kosta bilan Vasko da Gama va Yevropa klublari qiziqmoqda. Rodriges uchun esa Krasnodardan tashqari Independyente klubi ham da'vogarlik qilmoqda.
Sike Rodrigesning ma'lum qilishicha, Barselona agar Xulian Alvaresni transfer qila olmasa, boshqa hujumchi izlamaydi.
Sike Rodriges xabariga ko'ra: Yoki Xulian Alvares, yoki hech kim: agar Barselona Xulian Alvaresni o'z safiga qo'shib olmasa, klub boshqa hech qaysi hujumchini sotib olmaydi.
Arancha Rodriges ma'lumotiga ko'ra, Karlos Espi Joze Mourinyo qo'l ostida «Real» mashg'ulotlarini boshlaydi.
💦 Arancha Rodriges xabariga ko'ra, Karlos Espi Joze Mourinyoda katta taassurot qoldirdi va murabbiy aynan shu futbolchini o'z jamoasida ko'rishni istagan.
Espi bugun «Real» safida Joze Mourinyo qo'l ostidagi mashg'ulotlarga kirishadi.
Arancha Rodriges ma'lumotiga ko'ra, "Real Madrid" Rodri yoki Olise kabi futbolchilarni tarkibga qo'shib olish uchun avvalo o'z o'yinchilarini sotishi kerak.
🚨 Arancha Rodriges xabariga ko'ra, to'rtta transferni amalga oshirgan "Real Madrid" hozircha xotirjamlik saqlamoqda va yangi xaridlarga shoshilmayapti. Rodri yoki Olise kabi futbolchilarni sotib olish uchun klub tarkibdan muhim o'yinchilarni sotib yuborishi talab etiladi.