Pas "Komo"da qolishni afzal ko'rgan
Fabrisio Romano ma'lumotiga ko'ra, Pas o'tgan yozda "Real Madrid"ga qaytishdan ko'ra "Komo"da o'yin amaliyotini davom ettirishni tanlagan.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, "Madrid" rahbariyati, shu jumladan Peres va Mourinyu o'tgan yozda Pasni qaytarishni istashgan.
Mister, men "Real Madrid"ni yaxshi ko'raman va sizni hurmat qilaman, ammo "Komo"da yana bir mavsum qolishni afzal ko'raman. Bu yerda men o'yin amaliyotiga ega bo'lib, futbolchi sifatida rivojlanishim va o'sishim mumkin, "Madrid"da zaxira o'rindig'ida o'tirgandan ko'ra.
"Qirollik klubi" hamon Pasning o'sishini diqqat bilan kuzatmoqda. Biroq argentinalik futbolchi qishda "Komo"ni tark etmaydi, garchi APL klublari u uchun 80-100 million yevro to'lashga tayyor bo'lsa ham. "Madrid" qishki transfer oynasida o'z tarbiyalanuvchisini qaytarib sotib ololmaydi. Klubda uni faqat kelasi yozda 80 million yevro evaziga qaytarib sotib olish huquqi mavjud.
Qayd etish joizki, joriy mavsumda Pas 13 ta o'yinda (1052 daqiqa) maydonga tushib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.