#Viktor Munyos — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Viktor Munyos: «Oltin to'p»ni Lamin Yamal olishi kerak

Viktor Munyos: «Oltin to'p»ni Lamin Yamal olishi kerak

Viktor Munyos «Oltin to'p» sovrini uchun Lamin Yamal nomzodini qo'llab-quvvatladi.

Viktor Munyos «Oltin to'p» haqida:

Men sovrinni Lamin Yamalga bergan bo'lardim. Biz terma jamoada birga o'ynaymiz va men u bunga loyiq deb hisoblayman.
Kim «Oltin to'p»ni yutsa ham, u ushbu mukofotga munosib bo'ladi. Ammo shaxsan men Laminni tanlagan bo'lardim.
Real Madrid futbolchi huquqlarining bir qismini sotishdan katta daromad oldi

Real Madrid futbolchi huquqlarining bir qismini sotishdan katta daromad oldi

AS xabariga ko'ra, «Real Madrid» futbolchilarning 50 foiz huquqlarini sotish orqali 105,5 million yevro daromad qilgan.

AS xabariga ko'ra, «Real Madrid» futbolchilarning 50 foiz huquqlarini sotish orqali sezilarli daromadga ega bo'lmoqda.

AS ma'lumotiga ko'ra, faqatgina Pas, Munyos, Rodriges va Gutyerresning huquqlarini sotishdan «Madrid» taxminan 105,5 million yevro ishlab oldi.

O'ng ustun yangiliklari

Viktor Munyos: «Enfild»dagi muhitni so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi

Viktor Munyos: «Enfild»dagi muhitni so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi

«Liverpul» futbolchisi Viktor Munyos Angliyadagi o‘yin darajasi va «Enfild»dagi muxlislar muhiti haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Viktor Munyos mavsum starti haqida:

Angliyadagi o‘yin darajasi juda yuqori, o‘yin taqdirini mayda detallar hal qiladi, g‘alaba qozonish oson emas. Ammo biz to‘g‘ri yo‘ldamiz, murabbiyning rejasini maksimal darajada sifatli bajarishga harakat qilyapmiz. O‘ylaymanki, bizning o‘sishimiz hamda yanada salmoqli muvaffaqiyatlar va natijalar – vaqt masalasi.

Eng yorqin taassuroti haqida:

«Enfild» haqida ko‘p eshitganman, lekin buni o‘zing his qilmaguningcha ta’riflab bo‘lmaydi. Muxlislarimizning futbol bilan yashashi – aqlbovar qilmas, muhit noyob. Stadion madhiyani kuylayotganini eshitganingda, tanangda g‘alati hislar uyg‘onadi. Albatta, shundan so‘ng o‘yinni qo‘shimcha motivatsiya bilan boshlaysan. Men bu yerga kelganimga ko‘p bo‘lmaganiga qaramay, muxlislarning mehrini his qilyapman. Hamma menga juda yaxshi munosabatda, men bu yerda juda baxtliman.