Viktor Munyos mavsum starti haqida:
Angliyadagi o‘yin darajasi juda yuqori, o‘yin taqdirini mayda detallar hal qiladi, g‘alaba qozonish oson emas. Ammo biz to‘g‘ri yo‘ldamiz, murabbiyning rejasini maksimal darajada sifatli bajarishga harakat qilyapmiz. O‘ylaymanki, bizning o‘sishimiz hamda yanada salmoqli muvaffaqiyatlar va natijalar – vaqt masalasi.
Eng yorqin taassuroti haqida:
«Enfild» haqida ko‘p eshitganman, lekin buni o‘zing his qilmaguningcha ta’riflab bo‘lmaydi. Muxlislarimizning futbol bilan yashashi – aqlbovar qilmas, muhit noyob. Stadion madhiyani kuylayotganini eshitganingda, tanangda g‘alati hislar uyg‘onadi. Albatta, shundan so‘ng o‘yinni qo‘shimcha motivatsiya bilan boshlaysan. Men bu yerga kelganimga ko‘p bo‘lmaganiga qaramay, muxlislarning mehrini his qilyapman. Hamma menga juda yaxshi munosabatda, men bu yerda juda baxtliman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!