Jeyms Pirs "Liverpul"ning o'tgan transfer oynasi haqidagi insaydlari bilan bo'lishdi:
🛑 "Liverpul"da yozgi transfer oynasiga nisbatan klub ichida va tashqarisida, ya'ni muxlislar tomonidan turlicha qarashlar mavjud. Rahbariyat o'zlarining asosiy maqsadiga erishganliklarini ta'kidlamoqda: Muhammad Saloh ketganidan so'ng, qanotlarga tezkor vingerlar sotib olish ustuvor vazifa bo'lgan.
🛑 Klubda Barkolya va Munyos "Liverpul" hujumiga yangi kuch bag'ishlashi hamda Aleksandr Isak va Florian Virtsning salohiyatini ochib berishga yordam berishiga umid qilishmoqda.
🛑 Jeremi Jake muvaffaqiyatli starti va Ronald Arauxoning ijarasi evaziga "Liverpul"da barcha kerakli resurslar bor deb hisoblashmoqda, ayniqsa Jovanni Leoni, Konor Bredli va Ugo Ekitike uzoq muddatli jarohatlardan qaytganini hisobga olsak.
🛑 Muxlislarning himoya va yarim himoya chizig'i yetarli darajada kuchaytirilmagani borasidagi xavotirlariga qaramay, "Liverpul" o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishdi va klub ichida yangi bosh murabbiy Andoni Iraola qo'l ostidagi tarkibni yaxshilay olishiga ishonch yuqori. Shuningdek, sabrli bo'lish zarurligi ham tan olinmoqda.
🛑 Tarkibda sotish mumkin bo'lgan aktivlarning yo'qligi shundan dalolat beradiki, Jons, Luka Stivenson va Stefan Baychetichning sotuvidan klub atigi 32 million funt atrofida mablag' olishi mumkin. Bir yil avval "Liverpul" 250 million funt ishlab topgan edi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!