Real Madrid yosh futbolchilarni qaytarish masalasini ko'rib chiqmoqda
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 25

Real Madrid yosh futbolchilarni qaytarish masalasini ko'rib chiqmoqda

📻 Pereyro (Onda Cero jurnalisti): "Real Madrid" kelasi yozda Xakoboni aniq qaytaradi. Hozirda "Brayton"da to'p surayotgan Chema ham katta ehtimol bilan o'zining qadrdon klubiga qaytadi. Pas masalasiga kelsak — buni vaqt ko'rsatadi".

📰 AS (XFD): "Madrid"da Xakoboni Ryudigerning salohiyatli vorisi sifatida ko'rishmoqda.

Biroq, ayni damda klubda na 21 yoshli himoyachining va na Pasning kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilingan. Bu masala faqat bahorda hal bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, "qaymoqranglilar" kelasi yozda Xakoboni "Komo"dan 9 million yevro evaziga, Pasni esa 80 million yevro evaziga qaytarib sotib olish huquqiga ega. Shu bilan birga, o'tgan yili "Madrid" Chema ustidan barcha huquqlarni yo'qotgan edi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!