Niko Pas — «Komo» sehrgari
22 yoshli argentinalik futbolchi «o'nlik» raqamida harakat qiladi, bo'yi — 1,85 m.
A Seriyaning joriy mavsumida: 8 ta o'yinda 3 ta gol va 3 ta golli uzatma, 12 ta aniq zarba — bu ko'rsatkich bo'yicha u jamoadagi Duvikasdan keyin ikkinchi o'rinda.
TuttoMercatoWeb «Torino»ga qarshi o'yindan so'ng uni Argentina terma jamoasida Messining «o'nlik» raqamiga nomzod deb atadi va A Seriyada undan katta salohiyatga ega o'yinchini topish qiyinligini yozdi.
Turinda u g'alaba golini xuddi Ernan Krespo kabi boshi bilan urdi, ungacha esa 80 daqiqa davomida deyarli ko'rinmagandi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!