🖥 Kortegana (The Athletic jurnalisti): "Albatta, men Pasning "Real Madrid"ga qaytishini istardim.
Biroq, argentinalik futbolchining qaytishi uchun Mourinyuning roziligi talab etiladi. Bu esa menda Pasning qaytishiga nisbatan ko'proq ishonch uyg'otadi, chunki mening nazarimda, portugaliyalik mutaxassis o'z faoliyati davomida iqtidorli futbolchilarni payqash bo'yicha juda nozik va rivojlangan sezgi qobiliyatiga ega ekanligini isbotlagan.
Pas — juda iqtidorli o'yinchi, shuning uchun "Madrid" uning qaytishi uchun kurashishi kerak. Biroq, may oyida Mourinyu va Pas o'rtasida bo'lib o'tgan o'sha "sovuq" suhbatdan so'ng, Nikoning kelasi yili "qaymoqranglilar" safiga qaytishiga shubham bor".
Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" 22 yoshli yarim himoyachini kelasi yili "Komo"dan 80 million yevro evaziga qaytarib sotib olish huquqiga ega.
Joriy mavsumda Pas hisobida 11 ta o'yin (921 daqiqa), 5 ta gol va 6 ta assist mavjud.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!