Veron Niko Pas haqida: «Bunday iqtidorga 22 yoshda faqat Messi va Maradonada ko'zimiz tushgan»
Tutto Calcio Como yozishicha, Argentina terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Nikoni o'yinning «yuragi» deb atadi:
«Jamoadoshlari uni raqiblar yopib qo'ygan bo'lsa ham to'pni unga uzatishadi, chunki ular bilishadi — u raqibni aldab o'tadi va vaziyatdan chiqib ketadi».Kelajagi haqida esa shunday qo'shimcha qildi:
«Agar u o'zini shunday professional tarzda tutishda davom etsa, kelajak uning qo'lida».
Veron bu Messi va Maradona darajasidagi karyera bashorati emasligiga aniqlik kiritdi. Uning so'zlariga ko'ra, Niko bosim va taqqoslashlarsiz o'sishi kerak.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!