🗣️ Tibo Kurtua:
⚪O'yindagi muhim seyv haqida:
Men tayyor edim. Darvozabon doimo eng yomon vaziyatni kutishi kerak: jamoadoshi xato qilishi, to'pni yo'qotishi mumkin va sen jamoani qutqarishingga to'g'ri keladi. Bu muhim seyv edi, garchi gol o'tkazib yuborgan taqdirimizda ham, baribir hisobni tenglashtirib, g'alaba qozona olishimizga ishonchim komil edi.
⚪Quruq o'yin haqida:
Biz gol o'tkazib yubormaganimizda, g'alaba uchun bitta golning o'zi kifoya qiladi. Shu bois himoyadagi ishonchli o'yin juda muhim.
⚪«Santyago Bernabeu»ga qaytish haqida:
Biz uyga qaytishni intiqlik bilan kutmoqdamiz. Safar o'yinlaridagi g'alabalar bizga bu pallaga yaxshi holatda yetib kelish imkonini berdi. Xalqaro tanaffusdan so'ng, o'tgan yili bizni mag'lub etgan «Selta»ga qarshi o'ynaymiz. Biz buni hisobga olishimiz kerak.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!