Marca: Arda Guler "Real Madrid"da asosiy tarkib o'yinchisiga aylanishi kerak
Marca jurnalisti Xuan Ignasio-Garsiya Ochoa Arda Gulerning "Betis"ga qarshi o'yini va uning "Real Madrid"dagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
Marca jurnalisti Xuan Ignasio-Garsiya Ochoa Arda Gulerning o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Arda Guler "Betis"ga qarshi o'yinda ajoyib harakat qildi. U "Madrid" o'yinini tezlashtirdi, maydonda Vinisius va Mbappeni uzatmalar bilan topdi hamda dribling orqali raqiblarini dog'da qoldirdi.
Turkiyalik futbolchi endi shunchaki "katta salohiyatga ega o'yinchi" emas. U "Madrid"da zaxira o'yinchisi bo'lmasligi kerak. Guler boshqa yulduzlar kabi katta media darajasida bo'lmasa ham, jamoada asosiy rolni egallashga loyiq.