📰 Marca jurnalisti Xuan Ignasio-Garsiya Ochoa: "Menga "Real Madrid" Valverde o'ng qanot himoyachisi pozitsiyasiga qaytganida yaxshiroq o'ynay boshlashi tasodifdek tuyulmayapti.
Kimdir urugvaylikka u "yangi Kroos" bo'lishi shart emasligini tushuntirishi kerak. Uning joyi — o'ng qanot himoyasida. Uning butun qanotni jarima maydonidan jarima maydonigacha yopib chiqishga yetarli jismoniy imkoniyatlari bor va maydonning shu qismida boshqa ko'pchilik qila olmaydigan darajada ustunlik qilish uchun barcha narsaga ega.
Valverde o'zida o'z pozitsiyasi tarixida iz qoldira oladigan ajoyib o'ng qanot himoyachisini yashirib yuribdi. Balki, hatto dastlab bu rol uchun tug'ilmagan bo'lsa ham, uning ampluasini o'zgartirish vaqti kelgandir"
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!