Jabuya: "Real Madrid" g'alabali seriyani Vinisius uchun to'xtatmasligi kerak
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 16

Jabuya: "Real Madrid" g'alabali seriyani Vinisius uchun to'xtatmasligi kerak

📻 Jabuya (Cadena SER jurnalisti): "Real Madrid" — o'ziga xos inqirozlar yaratish bo'yicha ekspert. Hozir jamoa ajoyib davrni boshdan kechirmoqda, ayniqsa o'ziga bo'lgan ishonch va bosim ostida ham g'alaba qozona olishiga bo'lgan e'tiqod nuqtai nazaridan.

O'ylashimcha, hozir Vinisiusning "Madrid" asosiy tarkibida o'rni yo'q. Ammo braziliyalik futbolchi himoyada astoydil ishlashni boshlasa, asosiy tarkibdagi o'rnini qaytarib olishiga ishongim keladi.

Har qanday holatda ham, agar biror narsa ish berayotgan bo'lsa, uni o'zgartirish kerak emas. Futbol — juda oldindan aytib bo'lmaydigan sport turi. "Real Madrid" g'alabali seriyasini birgina yulduz uchun to'xtatib qo'ya olmaydi. Qolaversa, Vinisius joriy mavsumni juda omadsiz boshladi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!