El Chiringuito: Real Madrid Vinisiusni 150 million yevrodan kamiga sotmaydi
El Chiringuito jurnalisti Pedrerolning so'zlariga ko'ra, Real Madrid Vinisius uchun kamida 150 million yevro talab qiladi.
📺 Pedrerol (El Chiringuito boshlovchisi): "Agar "Real Madrid" Vinisiusni sotuvga qo'ysa, klub uni 150 million yevrodan kamiga qo'yib yuborishga rozi bo'lmaydi. Bunda transfer summasi bundan ham yuqori bo'lishi mumkin.
Biroq vingerning o'zi ham "qaymoqranglilar"ni tark etish istagini bildirishi kerak. Agar Vinisius "Madrid"dan ketish niyati borligini aytsa yoki jamoada o'z o'rnini topa olmay qolsa, vaziyat o'zgarishi mumkin.
Shunga qaramay, hozirgi vaqtda madridliklar 26 yoshli futbolchini sotish niyatida emaslar.
Ammo agar Vinisius baribir "Madrid"ni tark etadigan bo'lsa, "Arsenal" hamon uni qo'lga kiritishga da'vogarlar qatorida bo'ladi. "Kanonirlar" Vinisiusga ancha vaqtdan beri qiziqib kelishadi".