Tomas Ronsero: Arda Gyuler zaxirada qolmasligi kerak
Tomas Ronsero Arda Gyulerning «Rayo»ga qarshi o'yinidan zavqlanganini va futbolchi zaxirada qolmasligi kerakligini ta'kidladi.
Tomas Ronsero Arda Gyulerning «Rayo»ga qarshi o'yini haqida:
Haqiqiy zavqni so'nggi 20 daqiqada, Arda maydonga tushganida oldim. Bu yigit zaxirada o'tirmasligi kerak. U maydonga tushgach, «Real Madrid» o'yini butunlay o'zgardi.
Unda sifat, maydonni ko'ra bilish qobiliyati, yetuklik va futbolga bo'lgan g'ayritabiiy muhabbat bor. Men uchun u yangi Guti.