📺 Pedrerol (El Chiringuito boshlovchisi): "Arsenal" hamon Vinisiusga qiziqish bildirmoqda.
Biroq ayni damda "kanonirlar" maoshlar limiti bilan bog'liq muammolarga duch kelishmoqda. "Arsenal" yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishdan avval, avvalo, tarkibdagi ba'zi o'yinchilar, masalan, Subimendi va Merino bilan xayrlashishi kerak.
Hozirgi vaqtda "Real Madrid" Vinisius bo'yicha hech qanday taklif qabul qilmadi. Bundan tashqari, klub 26 yoshli vinger bilan xayrlashishga tayyormi yoki yo'q, bu noma'lum. Vinisiusning "qaymoqranglilar" safidan ketishi dargumon ko'rinmoqda, chunki futbolchining o'zi "Madrid"da qolishni va yuzaga kelgan vaziyatni o'nglashni istaydi.
Shunga qaramay, "Arsenal" hamon Vinisiusni diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!