Radio Marca jurnalisti va «Madrid» sosiosi Valentin: «Mourinyu biz barchamiz biladigan o'sha Mourinyu bo'lib qolgan. Bunda hech qanday shubha yo'q.
U «Vilyarreal»ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanini hakamlarni tanqid qilmaslik uchun o'tkazib yubordi, bungacha esa Vinisiusning golini xuddi o'zi futbolchidek nishonladi. Derbidan so'ng esa Mourinyu jurnalistlar oldiga oldindan tayyorlangan varaq [hakamlar xatolari bilan] bilan chiqdi va savollarni kutmasdan o'zining "nima uchun"larini o'zi o'qib eshittirdi.
U o'ziga xos bo'lgan qarama-qarshilik muhitini yaratdi. U — jamoa sardori, o'z o'yinchilari uchun jon berishga tayyor. Matbuot va hakamlar — dushmanlar. Bu «Madrid» kiyinish xonasiga aynan shunday turtki yetishmayotgan edi, unga shunga o'xshash narsa kerak edi.
Kecha «Bernabeu»da nihoyatda tarang muhit hukm surdi, ammo mening nazarimda, jamoa va muxlislar bir-biriga tomon qadam tashlab, yo'qolgan aloqani tiklashni boshlashdi»
El Chiringuito boshlovchisi Pedrerol: «Mourinyu davridagi «Real Madrid» [birinchi davr] qaytdi — xarakter, shiddat va fidoyilikka ega o'sha «Madrid». «Real Madrid» fantastik «Barselona»dan ortda qolmagan holda La Liga chempionlik tituli uchun kurashni davom ettirmoqda»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!