Arda Guler Vinisiusdan o'rnak olishi kerakmi?
Cadena SER jurnalisti PakoXo Arda Guler Vinisius Juniorning "Real Madrid"dagi holatidan xulosa chiqarishi kerakligini ta'kidladi.
📻 PakoXo (Cadena SER jurnalisti): "Guler Vinisiusda o'zi uchun qaysi yo'lni tanlash va qaysi biridan qochish kerakligi borasida namuna ko'rmoqda.
Turk futbolchisi "Bernabeu"da shartnomasini uzaytirgandan so'ng o'zini yanada rivojlantirishga intilmay, aksincha, bo'shashib qolgan futbolchilar bilan nimalar bo'layotganiga e'tibor qaratishi kerak. Natijada ular qo'llab-quvvatlash o'rniga hushtakbozlikka uchramoqda — ayni damda braziliyalik futbolchi bilan sodir bo'layotgan holat aynan shu"