📰 Ortega (El Confidencial jurnalisti): "Guler — joriy mavsumda "Madrid"ning eng yaxshi o'yinchisi. U jamoaning eng kreativ futbolchisi va eng yaxshi pas beruvchisi. Aynan turkiyalik futbolchi jamoa o'yinining barcha elementlarini birlashtirib turibdi. U fenomenal darajada o'yin ko'rsatmoqda!"
📰 B. Fernandes (jurnalist): "Gulerning 2023-yilda "Real Madrid"ga kelishiga sababchi bo'lgan "Madrid" bosh skauti Kalafat va Anchelottiga rahmat. Ha, Anchelotti uni zaxira o'rindig'ida qoldirgan bo'lishi mumkin, lekin keling, aynan italiyalik mutaxassis Arda bilan shaxsan bog'lanib, uni "Real Madrid"ga o'tishga ko'ndirganini unutmaylik. Buni yoddan chiqarmaslik kerak"
📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti, "Madrid" sosiosi): "Guler 2026/27-yilgi mavsumni o'zini "Madrid" asosiy tarkib o'yinchisi sifatida uzil-kesil tasdiqlagan davr sifatida doim eslab qoladi"
📻 A. Blanko (Radio Marca jurnalisti): "Guler — top-top-top futbolchi!"
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!